← Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 20-sentabr

1. Qanday ma‘lumot saqlanadi

Bot faqat o‘z vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni saqlaydi: server IDsi, kanal va rol IDlari, moderatsiya tarixi (foydalanuvchi IDsi, moderator IDsi, jazo sababi va muddati), hamda server admini kiritgan taqiqlangan so‘zlar ro‘yxati.

2. Nima SAQLANMAYDI

  • Xabarlar matni bazaga yozilmaydi — AutoMod ularni faqat xotirada tekshiradi.
  • Shaxsiy xabarlar (DM) o‘qilmaydi.
  • Ovozli suhbatlar yozib olinmaydi.
  • To‘lov ma‘lumotlari, email va parollar to‘planmaydi.

3. Boshqaruv paneli

Panelga Discord OAuth orqali kiriladi. Biz sizdan faqat identify va guilds ruxsatlarini so‘raymiz — ya‘ni foydalanuvchi nomi, avatar va siz boshqara oladigan serverlar ro‘yxati. Bu ma‘lumot imzolangan cookie ichida 7 kun saqlanadi va bazaga yozilmaydi.

4. Ma‘lumotlar qayerda

Ma‘lumotlar Supabase (Postgres) bazasida, Frankfurt (EU) serverlarida saqlanadi. Ular uchinchi shaxslarga sotilmaydi va uzatilmaydi.

5. O‘chirish

Server egasi yoki foydalanuvchi o‘z ma‘lumotlarini o‘chirishni so‘rashi mumkin. So‘rov 30 kun ichida bajariladi. Murojaat: Discord serverimiz.

6. Bolalar xavfsizligi

Discord shartlariga muvofiq, bot 13 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun mo‘ljallanmagan.