Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 20-sentabr
1. Foydalanish
Bot Discord serverlarini moderatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Uni serverga qo‘shish orqali siz ushbu shartlarni va maxfiylik siyosatini qabul qilasiz.
2. Taqiqlanadi
- Discord shartlari yoki jamoa qoidalariga zid maqsadlarda foydalanish.
- Botga spam yuborish yoki uni ataylab ortiqcha yuklash.
- Boshqa foydalanuvchilarni ta‘qib qilish, qo‘rqitish yoki zarar yetkazish.
- Zaifliklarni yomon niyatda qidirish yoki ulardan foydalanish.
3. Mas‘uliyat
Bot “qanday bo‘lsa shundayligicha” taqdim etiladi. Muallif botning noto‘g‘ri sozlanishi, ma‘lumot yo‘qolishi, xizmatning vaqtincha ishlamasligi yoki moderatorlar xatolari uchun javobgar emas. Server egasi botni to‘g‘ri sozlash va unga berilgan ruxsatlar uchun to‘liq javobgar.
4. Ochiq kod
UzCord MIT litsenziyasi ostida tarqatiladi. Kodni o‘zingizda ishga tushirishingiz, o‘zgartirishingiz va tarqatishingiz mumkin: github.com/samirdevuz/uzcord